"Arsenal" ukrainalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga tayyor

Alisher
22 yanv 2020
"Shaxtyor" himoyachisi Nikolay Matvienko qishda Londonning "Arsenal" jamoasiga o'tishi mumkin.

Londonliklar 23 yoshli futbolchining transferi borasida muzokaralar olib borishmoqda.

Xabar berilishicha, o'yinchining vakillari ham ingliz klubi rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazgan.

Oldinroq, ushbu himoyachiga "Manchester Siti" klubidan qiziqish bo'layotgan edi.

Matvienko joriy mavsum jamoasining Chempionlar Ligasi va UPLdagi asosiy o'yinchilaridan biri bo'ldi. Nikolay aynan "Shaxtyor" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.


AlisherMuallif
Manba: football24.ru