"Arsenal" "Sheffild Yunayted" darvozaboni uchun 30 million evro to'lashga tayyor

Sherzod Nurmatov
25 iyul 2021
"Arsenal" ushbu yozda "Sheffild Yunayted" darvozaboni Aaron Remsdeylni qo'lga kiritishga urinmoqda.

Klublar muzokaralarning yakuniy bosqichida, deydi jurnalist Nikolo Skira.

Londonliklar o'yinchi uchun 30 million evro taklif qilmoqda. 

23 yoshli posbon bilan 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan kelishuvga erishilgan.

Aaron Remsdeyl o'tgan mavsumda Angliya chempionatida 38 o'yin o'tkazib, 63 ta gol o'tkazib yuborgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira