"Arsenal", "Sevilya" va "Roma"ga Arturni ijaraga olish taklif etildi, ammo ularni xavbekning "Yuve"dagi 6 mln evro maoshi qoniqtirmayapti

Alisher
16 dek 2021
"Yuventus" yarim himoyachi Arturni yanvarda boshqa klubga ijaraga berib yubormoqchi.

25 yoshli braziliyalik futbolchi "Sevilya", "Roma" va "Arsenal" klublariga taklif etildi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, ularni xavbekning yiliga 6 million evro miqdoridagi maoshi qoniqtirmayapti.

Artur joriy mavsum A Seriya doirasida atigi 4ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira