“Arsenal” posboni maydondan zambilda olib chiqib ketildi

Eldor Akmurzayev
20 iyun 2020
Ayni payt APL 30-turidan o'rin olgan “Brayton” – “Arsenal” bahsi davom etmoqda.

Mehmonlar kiperi Bernd Leno to'p uchun kurash paytida maydonga noqulay quladi va tizzasidan jarohat oldi. Uning o'rnini zaxira posboni Emilyano Martines egallagan.

Avvalroq, “Manchester Siti”ga (0:3) qarshi bellashuvda himoyachi Pablo Mari oyog'ining to'pig'idan jiddiy jarohat olib, mavsum oxiriga qadar maydonga tusha olmasligi ma'lum bo'lgan edi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia