"Arsenal" "Lill" himoyachisini sotib olishga yaqin

Sherzod Nurmatov
17 avg 2020, 17:36
"Lill" himoyachisi Gabriel Magalyaes Londonning "Arsenal" klubi futbolchisiga aylanishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, 22 yoshli futbolchi uchun "Napoli" ham davogar, biroq braziliyalik futbolchi faoliyatini Angliyada davom ettirishni afzal ko'rmoqda.

"Arsenal" va "Napoli" futbolchining transferi uchun zarur bo'lgan 28 million evroni taklif qilishdi, ammo neapolitanlar bu summani Kalidu Kulibalini "Manchester Siti"ga sotgandan keyingina to'lay olishlari mumkinligini bildirishdi.

Bundan tashqari, futbolchiga "Manchester Yunayted", PSJ va "Everton" qiziqish bildirmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia