"Arsenal" finlyandiyalik yulduzni xarid qilmoqchi

Sherzod Nurmatov
24 iyul 2021
London klubi "Reynjers" yarim himoyachisi Glen Kamarani qo'lga kiritish niyatida.

Futbolchi "kanonirlar" tarbiyalanuvchisi sanaladi va 2012 yildan 2017 yilgacha jamoada bo'lgan. 

Ma'lumotlarga qaraganda, Finlyandiya terma jamoasi hamda "Reynjers" yarim himoyachisi uchun 10 million funt taklif etilmoqda.

25 yoshli futbolchi Evro-2020'da o'z terma jamoasi yetakchilaridan biri bo'ldi.

Kamara o'tgan mavsumda Shotlandiya oliy ligasida 33 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani qayd etgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: GiveMeSport

O'xshash yangiliklar