"Arsenal" "Everton" to'purari bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
23 iyun 2021
"Everton" forvardi Dominik Kalvert-Lyuin "Arsenal" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Kanonirlar" futbolchini klubdan ketishi mumkin bo'lgan hujumchi Aleksandr Lyakazettga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Bundan tashqari "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ham o'yinchini o'z jamoasida ko'rmoqchi. Italiyalik u bilan "ko'klar"da birga ishlagan.

24 yoshli hujumchi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol va 4ta assist qayd etdi. Futbolchi ketma-ket ikki yil "Everton"ning to'purariga aylandi.


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph