

Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.
Madridda o'tkazilgan birinchi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. O'yinning asosiy epizodi ikkinchi taymda yuz berdi: hakam Danni Makkeli avval "Arsenal" foydasiga 11 metrlik penalti belgilagan edi, biroq VAR aralashuvidan keyin qarorini bekor qildi.
O'yindan so'ng Deklan Rays ushbu epizodni keskin tanqid qildi. Manbaga ko'ra, UEFA ish ochish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda va futbolchiga diskvalifikaciya tahdidi bor.
Jamoalarning javob uchrashuvi 5 may kuni Londonda bo'lib o'tadi.



