"Arsenal" Bundesligadan yangi hujumchi topdi

Sherzod Nurmatov
21 noya 2022
"Bayer"ga tegishli fransiyalik hujumchi Mussa Diabi faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

"Daily Express" jurnalistlariga ma'lum bo'lishicha, 23 yoshli futbolchining transferiga Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda. Diabining transfer narxi – 50 million evro. Futbolchi "farmacevtlar" bilan 2025 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan mehnat shartnomasi tuzgan.

Hujumchi joriy mavsum leverkuzenliklar safida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta to'p kiritdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Express