"Arsenal" "Bayer" futbolchisining transferini yakunladi

Sherzod Nurmatov
29 avg 2025
Insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, "Bayer" himoyachisi Pero Inkape "Arsenal"ga o'tishga yaqin turibdi.

Avvalroq "kanonirlar" futbolchi uchun Londonning "Tottenxem" jamoasi bilan kurashayotgani ma'lum bo'lgandi.

"Arsenal" "Bayer" bilan Pero Inkape bo'yicha shartnoma tuzishga yaqin turibdi va bu tez orada amalga oshadi!", – deb yozgan Romano. 

Levenkuzenliklar Inkapeni ijaraga olish bo'yicha kelishgan. Shartnomada uni sotib olish sharti ham bo'ladi.

Pero Inkape "Bayer"ga 2021 yilda o'tgan. Himoyachi Bundesliga o'tgan mavsumida 32 o'yinda 2 ta gol urgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano