

"Kanonirlar" "Ayaks" yarim himoyachisi Hakim Zieshni xarid qilmoqchi.
Transfer 50 million evro evaziga amalga oshishi mumkin. Ammo, hali amstyerdamliklarning asosiy futbolchilaridan birini mavsumlar oralag'ida qo'yib yuborishi ma'lum emas.
Oldinroq, Zieshga "Tottenxem", "Liverpul" va "Bavariya" klublari qiziqayotganligi xabar qilingan edi.
Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 30ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 16ta assist qayd etgan.



