Arsen Venger: "Qilishimiz kerak bo'lgan ishni qildik"

Tolibjon Qosimov
28 avg 2013
Chempionlar ligasi 4-kvalifikacion raundi javob uchrashuvlari doirasida bo'lib o'tgan "Arsenal" - "Fenerbaxche" (2:0) o'yinidan keyingi matbuot anjumanida o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Birinchi o'yinda 3:0 hisobida g'alaba qozongan "Arsenal" Londonda ham Remzining ikki javobsiz goli evaziga g'alaba qozonib, guruh bosqichiga yo'l oldi.

"Bizda bir necha muammolar bor bo'lganiga qaramay, o'z ishimizni qildik. Umuman olganda biz o'yin tizginini o'z tomonimizda saqlab turdik. Ayniqsa ikkinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik. Hammasini professional tarzda amalga oshirdik. Umumiy hisobda 5ta gol urib, umuman gol o'tkazib yubormadik va bu bizga guruh bosqichi yo'llanmasini olib keldi".

"Jarohatlar borasida o'yin omadsiz kechdi. Guruh boqichi qimmatga tushdi. Chunki biz Podolskini yo'qotdik, Uilsher ham tizzasini jarohatlab olgan. Remzining ahvoli ham qandayligini aniq bilmayman", dedi Venger.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru