Arsen Venger: "Benzemada 30 yoshgacha 2-3 kg ortiqcha vazn bor edi. Hozirda u dunyoning eng zo'r hujumchilaridan biri"

Alisher
5 may 2022
Arsen Venger Karim Benzemaning jismoniy formasi kuchayganini qayd etdi.

34 yoshli fransiyalik "Real" hujumchisi "Manchester Siti" (3:1)ga qarshi Chempionlar Ligasi yarim final javob o'yinida penaltidan gol urdi.

"Benzemada 30 yoshgacha ikki yoki uch kilogramm ortiqcha vazn bor edi. Hozirda u haqiqiy atlet va dunyoning eng zo'r hujumchilaridan biri", - deydi "Arsenal" sobiq bosh murabbiyi.

Karim joriy mavsum La Ligada 30ta o'yinda 26ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: BeIN Sports