Armaniston FF rossiyalik uch futbolchini mahalliylashtirmoqchi

Eldor Akmurzayev
7 dek 2021
Bu haqda RB Sport xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Armaniston futbol federatsiyasi Rossiya U-19 jamoasining uch futbolchisi bilan bog'langan.

Bular, “Chertanova” a'zolari Aleksandr Kovalenko va Garrik Levin hamda SSKA o'rinbosarlari jamoasi yarim himoyachisi Eduard Bagrincev. Ularga Armaniston yoshlar terma jamoasida o'ynash taklifi berilgan.

Kovalenko va Bagrincev Rossiya U-19 safida yoshlar o'rtasida Yevropa chempionati saralashida qatnashgan. Rossiyaliklar guruhda birinchi o'rinni olgan. Bagrincev uch o'yinda 3+2 natijaga erishgan bo'lsa, Kovolenko 1+1 natija ko'rsatgandi. Levin esa saralashda qatnashmagan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: РБ Спорт