Argentina terma jamoasi futbolchisi bugun "Atletiko" bilan shartnoma imzolaydi

Alisher
26 iyul 2022, 15:40
"Udineze" himoyachisi Nauel Molina bugun o'zining Madridning "Atletiko" klubiga o'tishini yakunlashi kerak.

Argentinalik Madridga kelgan. Endilikda u tibbiy ko'rikdan o'tishi va shartnoma imzolashi kerak.

"Atletiko" ancha vaqtdan beri Molina bilan shartnoma imzolashga urindi. Madrid klubi transfer narxi bo'yicha "Udineze" bilan kelishuvga erishdi, shu sabab bitim yakuniy bosqichda.

Molina o'tgan mavsum A Seriya doirasida 7ta gol va 2ta assistga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: La Colchoneria