Arauxo o'yin vaqtida hushidan ketdi, unga miya chayqalish tashhisi qo'yildi

Aziz Tukhtamuradov
11 may 2022
"Barselona" Ronald Arauxoning jarohati yuzasidan ma'lumot berdi.

Urugvaylik futbolchi "Selta"ga qarshi o'yinning ikkinchi taymida jamoadoshi Gavi bilan to'qnashib ketdi. Shundan so'ng u hushidan ketgandi. 

Kataloniya klubining rasmiy ma'lumotiga ko'ra, Arauxo kasalxonaga olib ketilgan va unga miya chayqalishi tashhisi qo'yilgan. 

Keyinchalik u o'ziga kelgan. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: fcbarcelona.com