

Qirol Xolid xalqaro aeroportida Toshkent klubi delegaciyasini O'zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi xodimlari tomonidan kutib olindi. Shundan so'ng "Paxtakor" "Al Hilol" tomonidan ajratilgan avtobusda "Movenpick" mehmonxonasiga yo'l oldi. Darvoqe, "Paxtakor" joylashgan mehmonxonadan Saudiyaga tashrifi chog'ida Madridning "Real" klubi ham "boshpana" sifatida foydalangan ekan.
Takidlash joiz, "Paxtakor" klubi rahbariyati tomonidan tashkil etilgan maxsus charter reysda "sherlar"ni muhim o'yinda qo'llab-quvvatlash uchun 150 kishi yetib keldi. Ular orasida 10 nafar ommaviy axborot vositalari xodimlari ham bor. Jamoa bilan birga kelgan 120 nafarga yaqin "Paxtakor" muxlislar klubi a'zolaridan tashqari Saudiya zaminida tahsil olayotgan, ishlayotgan hamyurtlarimiz ham ertangi uchrashuvda futbolchilarni yolg'izlatib qo'yishmaydi.
Ma'lumot uchun, bugun Saudiya vaqti bilan soat 21:30 (Toshkentda 23:30)da har ikki klub ishtirokida rasmiy mashg'ulot, uning ketidan bosh murabbiy va bir nafardan futbolchilar ishtirokida o'yinoldi matbuot anjumani o'tkaziladi. Katta ehtimol bilan "Paxtakor" bosh murabbiyi Pedru Moreyruga jamoa yarim himoyachisi Jonatan Lukka hamrohlik qiladi.



