AQSH maxsus xizmati Putin Trampga sovg'a qilgan to'pni tekshirib ko'rdi

Aslanov Jasurbek
26 iyul 2018
Oq uy matbuot-kotibi Sara Sanders Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSH rahbari Donald Trampga sovg'a qilgan to'p tekshirilishi haqida aytib berdi.

"Boshqa barcha sovg'alar kabi to'p ham maxsus xizmat tomonidan tekshirildi. Kelajakda o'z harakatlarimiz haqida ma'lum qilmoqchi emasmiz" - deydi Sanders.

Oldinroq, Putin Trampga sovg'a qilgan to'pda chip borligi va adidas bu chipdan reklama maqsadlarida foydalanishi e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bloomberg