APLning uch klubi Dani Alvesga xaridor

Mirjalol Normatov
14 iyul 2019
Dani Alvesning kelajagi hali ham so'roq ostida qolmoqda.

36 yoshli braziliyalikning xizmatlariga Angliyadan qiziqishlar bo'lmoqda. Hozirda himoyachiga "Manchester Siti", "Tottenxem" va "Arsenal" kabi klublar davogarlik qilmoqda, deb xabar beradi "Mundo Deportivo". 

Oldinroq futbolchi "Barselona"ga o'tib, o'sha erda faoliyatini yakunlashni istayotgani borasida ma'lumotlar berilgandi.

Alves shu oyning boshida PSJ bilan shartnomasi yakunlandi va erkin agentga aylandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo