APLning so'nggi o'rnidagi jamoani mag'lub etolmagan Amorim nimalar dedi?

Khoja
31 dek 2026
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim "Vulverxempton"ga qarshi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin davomida qiynaldik. Bizda ijodkorlik etishmadi. O'yin davomida bizda salbiy energiya bor edi. Albatta, bugungi natijadan Hafsalamiz pir bo'ldi. Birinchi daqiqalardan boshlab uchta hujumchidan foydalanishga harakat qildik, ammo bu ish bermadi; bugun bizning kunimiz emas edi. O'yin davomida bizga aniqlik etishmadi.

Biz bu o'yin natijasini o'zgartira olmaymiz, lekin siz oldinga siljib, keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin".

Ushbu o'yindan so'ng, "Manchester Yunayted" APL turnir jadvalida 30 ochko bilan oltinchi o'rinda bormoqda.


KhojaMuallif
Manba: championat.com