APLda noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lishga davogarlar ma'lum

Sherzod Nurmatov
4 dek 2025, 18:08
APL rasmiy sayti oy murabbiyligi uchun kurash olib borayotgan mutaxassislar ro'yxatini ma'lum qildi.

Mukofot uchun 6 nafar murabbiy davogarlik qilmoqda: 

Mikel Arteta ("Arsenal"), Unai Emeri ("Aston Villa"), Xosep Gvardiola ("Manchester Siti"), Fabian Xyurceler ("Brayton"), Enco Mareska ("Chelsi") va Marku Silva ("Fulxem").

G'olib murabbiylar va muxlislar tomonidan ovoz berish yo'li bilan aniqlanadi. Ushbu mavsum "Kristal Pelas"dan Oliver Glasner, "Liverpul"dan Arne Slot va MYUdan Ruben Amorim allaqachon oyning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: premierleague.com