APLda avgust oyining eng yaxshi futbolchisi ma'lum

Sherzod Nurmatov
12 sen 2025
"Everton" vingeri Jek Grilish Premer-ligada avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

30 yoshli angliyalik futbolchi dastlabki 3 turda sheriklariga 4 ta golli pas uzatdi.

Grilish "Everton"ga yozda ijara asosida "Manchester Siti"dan kelib qo'shilgandi. U 2024/25 yilgi mavsum 32 o'yinda 3 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: premierleague.com