

"Ipsvich Taun" birinchi bo'limda Xulio Ensiso va Ben Jonsonning gollari evaziga hisobni ishonchli ko'rinishga olib keldi. Ammo, ikkinchi taym boshida Aksel Tuanzebe o'z darvozasiga to'p kiritib qo'ydi. Jeydon Sanchoning 79-daqiqada urgan goli esa "aristokratlar"ga bir ochko taqdim etdi.
13 apr 2025, 18:00
Chelsea — Ipswich Town

2 – 2
Tugadi

"Liverpul" 18-daqiqada Luis Diasning goli evaziga hisobni ochdi. 86-daqiqada Endryu Robertson avtogol muallifiga aylandi, ammo uch daqiqa o'tib Virjil van Deyk mersisaydliklarga g'alaba taqdim etgan gol muallifiga aylandi.
13 apr 2025, 18:00
Liverpool — West Ham United

2 – 1
Tugadi

Ushbu o'yinda esa muxlislar oltita gol ko'rishdi. "Vulverxempton"ning to'rtta goliga "shporlar" ikkita to'p bilan javob qaytara olishdi xolos.
13 apr 2025, 18:00
Wolverhampton Wanderers — Tottenham Hotspur

4 – 2
Tugadi




