APL Shon-sharaf zalidan o'rin olgan sakkizinchi futbolchi ham ma'lum

Eldor Akmurzayev
20 may 2021, 19:30
Avvalroq, Alan Shirer, Frenk Lempard, Terri Anri, Erik Kantona, Roy Kin, Dennis Bergkamp va Stiven Jerrard ushbu nufuzli nomga loyiq ko'rilgandi.

Premer-liga Shon-sharaf zalidan o'rin egallagan sakkizinchi futbolchi esa MYU afsonasi Devid Bekxem bo'ldi. Bekxem 1993-2003 yillar davomida “qizil iblislar” sharafini himoya qilib, 265 ta o'yin o'tkazgan va 62+80 natija ko'rsatgandi. Shuningdek, xavbek 6 bor APL chempionligini qo'lga kiritgan edi.

P.S. Shu tariqa, ilk bor tashkil etilgan Angliya Premer-ligasi Shon-sharaf zalidan bu yil sakkiz futbolchi o'rin oldi. Ularning soni keyingi yillar yanada ortishi kutilmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: premierleague.com