APL rahbarlari ichida MYU vice-prezidenti eng ko'p pul ishlab topdi

Aziz Tukhtamuradov
22 yanv 2022, 08:51
"Manchester Yunayted" 2020/21 yilgi mavsum bo'yicha Britaniya hisob palatasiga moliyaviy hisobotlarni taqdim etdi.

Hisobotlardan ma'lum bo'lishicha, klub vice-prezidenti Ed Vudvord mavsum davomida 2,9 million funt ishlab topgan. Bu o'tgan mavsum uchun APL klublari rahbarlari ichida rekord hisoblanadi. 

Eslatib o'tamiz, Vudvord 1 fevral kuni o'z lavozimini tark etadi. Uning o'rniga ushbu lavozimda Richard Arnold ish boshlaydi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Manchester Evening News