APL. "Manchester Yunayted" safarda "Arsenal"ni mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2026
Angliya Premer-ligasining 23-turi doirasidagi markaziy o'yinda "Manchester Yunayted" Londonda "Arsenal" mehmoni bo'ldi va gollarga boy o'yinda 3:2 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritdi.

"Emireyts" stadionida kechgan bahs shiddatli kurashlarga boy o'tdi. 29-daqiqada Lisandro Martines o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'yishi natijasida londonliklar hisobda oldinga chiqib olishdi. Biroq 37-daqiqada Brayan Mbemo muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo'lim boshida, 50-daqiqada Patrik Dorgu mankunianliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.

O'yin yakunida drama sodir bo'ldi: 84-daqiqada Mikel Merino hisobni tenglashtirgan bo'lsa, oradan 3 daqiqa o'tib Mateus Kunya "qizil iblislar"ga g'alaba keltiruvchi golni urdi.



Ushbu mag'lubiyatga qaramay, "Arsenal" 50 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. "Manchester Yunayted" esa 38 ochko bilan 4-o'ringa ko'tarilib oldi.

Navbatdagi turda "kanonirlar" 31 yanvar kuni "Lids" bilan to'qnash kelishadi, MYU esa 1 fevral kuni "Fulxem"ni qabul qiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia