APL klublari A Seriya klublariga qaraganda 500 baravar ko'p (!) pul sarfladi

Sherzod Nurmatov
12 avg 2025
Ushbu transfer oynasida Angliya Premer-ligasi klublarining sof xarajatlari La Liga klublarinikidan 30 barobar, A Seriya klublarinikidan esa 500 barobar ko'p bo'ldi.

11 avgust holatiga ko'ra, Angliya Premer-ligasi klublarining transfer uchun ishlatgan pullari 2,3 milliard evroni tashkil qilgan. A Seriya 834 million evro sarflagan holda ikkinchi o'rinni egalladi. Keyingi pog'onani Germaniya Bundesligasi band etib, transferlar uchun 494 million evro sarf etdi.

Klublarning transferlardan tushgan daromadlari:

Angliya Premer-ligasi - 1,3 mlrd evro.

Italiya A Seriyasi - 832 mln evro.

Germaniya Bundesligasi - 466 mln evro.

Sof xarajatlar (daromadlar chegirilgan holda):

Angliya Premer-ligasi - 1 mlrd evro.

Italiya A Seriyasi - 2 mln evro.

Germaniya Bundesligasi - 28 mln evro.

Transfer oynasi 31 avgustda yopiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Yahoo Sports