

Liga klublari bugun o'z formalarining old qismidan bukmekerlik kontoralari reklamasini olib tashlash qarorini e'lon qilishdi. Buning sababi – "stavka"lar reklama miqdorini kamaytirish istagi.
Kelishuv 2025/26 yilgi mavsum oxirida kuchga kiradi. Klublar ungacha amaldagi kelishuvlarini ko'rib chiqish imkoniyatiga ega.
"The Times" jurnalisti Martin Ciglerning yozishicha, 20 ta klubdan 18 tasi yoqlab ovoz bergan, 2 ta jamoa betaraf qolgan. Biroq futbolkalarning engidagi reklamaga baribir ruxsat beriladi.



