APL klubi murabbiyi: "Men masxaraboz emasman va cirkda ham ishlamayman"

Aslanov Jasurbek
9 fev 2018, 15:37
"Suonsi Siti" bosh murabbiyi Karlush Karvaxal ishga bo'lgan munosabati haqida gapirib berdi.

"Men cirkda ishlamayman va masxaraboz emasman! Foyda keltiradigan ish qilishga intilaman. Hammasi bog'liq bo'lishi kerak.

Agar sen futbolchi bilan hazillasha olsang, bu seni boshqa murabbiydan kuchliroq mutaxassisga aylantirmaydi. Ideal murabbiy bo'lmaydi. Stressdan qutilishning eng oson uslubi - futbolchilarni kulishga majbur qilish. Ammo bu muvaffaqiyatga olib keladi deya olmayman, chunki hali hech narsaga erishmadik" - deydi Karvaxal.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports