APL. Klopp, Gvardiola, Brunu, Din Smit. Oy murabbiyi bo'lishga nomzodlar ma'lum

Tolibjon Qosimov
27 yanv 2022
APLda yanvar oyining eng yaxshilarini aniqlash uchun so'rovnomalar o'tkazilmoqda.

Avvalroq oyning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga nomzodlarni e'lon qilgan edik.

FOTO  APL. De Xea, de Bryuyne, Bouen... Oy futbolchisi bo'lishga nomzodlar ma'lum

Oyning eng yaxshi murabbiyi nominaciyasida 4 nafar mutaxassis keltirilgan.

Ovoz berish jarayonida muxlislar va APL ekspertlar guruhi qatnashadi.

APLda yanvar oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lishga nomzodlar:

1. Xosep Gvardiola ("Manchester Siti") - 3 o'yin, 2 g'alaba, 1 durang, to'plar farqi: +2

2. Yurgen Klopp ("Liverpul") - 3 o'yin, 2 g'alaba, 1 durang, to'plar farqi: +5

3. Brunu Laje ("Vulverxempton") - 3 o'yin, 3 g'alaba, to'plar farqi: +4

4. Din Smit ("Norvich") - 3 o'yin, 2 g'alaba, 1 mag'lubiyat, to'plar farqi: +2


Angliya chempionati turnir jadvali va to'purarlar ro'yxati >>>>> APL

Sizningcha, qaysi futbolchi APLda yanvar oyining eng yaxshi o'yinchisi?


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: premierleague.com