APL. "Fulxem" "Liverpul"ga qarshi o'yinda 90+4 daqiqada o'tkazib yuborilgan goldan so'ng 90+7 daqiqada to'p kiritib, hisobni tenglashtirdi

Alisher Ostonov
4 yanv 2026
APL 20-tur doirasidagi "Fulxem" - "Liverpul" o'yini bo'lib o'tdi.

Xarri Uilson 17-daqiqada to'p kiritib, londonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. “Liverpul” bunga 57-daqiqada Florian Vircning goli orqali javob berdi. Mersisaydliklar 90+4 daqiqada Kodi Gakponing aniq zarbasi evaziga hisobda oldinga chiqib olgandi, ammo Xarrison Rid 90+7 daqiqada muvozanatni tikladi va bahs durang bilan yakunlandi.

“Liverpul” 20 turdan so'ng APL turnir jadvalida 34 ochko bilan 4-o'rinda, “Fulxem” 28 ochko bilan 11-o'rinda bormoqda.


4 yanv 2026, 20:15
Fulham — Liverpool
2 – 2
Tugadi





Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia