APL. “Everton” ishtirokida yana gollar shousi, Xames esa dubl+assistga erishdi

Eldor Akmurzayev
3 okt 2020
Angliya chempionati 3-turidan o'rin olgan “Gudison Park”dagi bahsda mezbonlar 4:2 hisobida zafar quchdi.

Bahsda hisob 16-daqiqada mersisaydliklar forvardi Dominik Kalvert-Lyuin tomonidan ochildi. 41-daqiqada Nil Mope oradagi muvozanatni tikladi va ko'p o'tmay, Yerri Mina Xames Rodrigesning pasidan keyin ustunlikni yana o'z jamoasi tomoniga og'dirdi – 2:1.

Ikkinchi taymda Xames Rodriges katta sahnaga chiqib, dublga erishdi va natijani yiriklashtirdi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan vaqtda esa mehmonlar yarim himoyachisi Iv Bussama hisobni qisqartiruvchi gol muallifiga aylandi – 4:2.

Karlo Anchelotti shogirdlari ochkolari sonini 12 taga etkazib, jadvalda ishonchli tarzda peshqadamlik qilmoqda.

Everton – Brayton 4:2 (2:1, 2:1)

Gudison Park

Gollar: 1:0 – 16 Kelvert-Lyuin, 1:1 – 41 Mope, 2:1 – 45 Mina, 3:1 – 52 Xames, 4:1 – 70 Xames, 4:2 – 90 Bissuma.

Everton – Pikford, Din, Koulmen (Delf, 58), Mina, Kin, Dukure, Sigurdsson, Devis, Xames (Uolkott, 78), Risharlison (Ivobi, 25), Kelvert-Lyuin.

Brayton – Rayan, Uayt, Dank, Uebster, Lempti (Veltman, 46), Bissuma, March, Alsate (Gross, 82), Trossard, Mope, Konnolli (Lallana, 66).

Ogohlantirish: Alsate (4).

TURNIR JADVALI


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia