APL. “Everton” safarda “Kristal Pelas”ni engib, jadvalda peshqadamga aylandi

Eldor Akmurzayev
26 sen 2020
Angliya chempionati 3-turidan o'rin olgan "Kristal Pelas" – "Everton" o'yini yakunlandi.

Dominik Kalvert-Lyuin 10-daqiqadayoq hisobni ochgan bo'lsa, 1-taym o'rtalarida Sheyx Kuyate oradagi farqni tikladi. 40-daqiqada esa Risharlison raqib darvozasi tomon belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, uchrashuvdagi yakuniy hisobni belgiladi – 2:1.

Mazkur muvaffaqiyatdan keyin Karlo Anchelotti shogirdlari musobaqa jadvalida 9 ochko bilan peshqadamga aylanib oldi. “Kristal Pelas” esa 6 ochko bilan 5-o'rinda turibdi.

Kristal Pelas – Everton 1:2 (1:2, 0:0)

Selxerst Park

Gollar: 0:1 – 10 Kelvert-Lyuin, 1:1 – 26 Kuyate, 1:2 – 40, penalti Risharlison.

Kristal Pelas – Guaita, Sako, Mitchell, Uord, Kuyate, Taunsend, Eze (Batshuayi, 75), Makkarti, Makartur (Ridevald, 88), Zaa, Ayyu (Benteke, 82).

Everton – Pikford, Koulmen, Din, Kin, Mina, Allan, Dukure, Andre Gomesh (Sigurdsson, 76), Xames (Ivobi, 86), Kelvert-Lyuin, Risharlison (Devis, 90).

Ogohlantirishlar: Zaa (23), Makartur (45), Uord (58), Risharlison (60).

TAS-IX

 


Agar sizda TAS-IX hududidagi video ko'rsatmasa uni telegramdagi kanalimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.


TURNIR JADVALI


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia