

APLga qaytgan klub "Vulverxempton" yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uaytni xarid qildi.
22 yoshli xavbek "Forest" bilan besh mavsumga mo'ljallangan shartnoma tuzdi.
"Vulvs" kafolatlangan 25 million funtni oladi. Transfer narxi bonuslar hisobiga 42 million funtgacha chiqishi mumkin. Bitim "Nottingem" uchun rekord bo'ldi.
Gibbs-Uayt o'tgan mavsum "Sheffild Yunayted" tarkibida Chempionship dorasidagi 37ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 10ta assist qayd etdi.



