Anxel Lopes: "Nasaf" individual taraflama juda kuchli futbolchilardan iborat tarkibga ega"

Sherzod Nurmatov
23 avg 2022
Coca Cola O'zbekiston kubogi nimchorak finalidan o'rin olgan "Surxon" – "Nasaf" (1:2) bahsidan keyin termizliklar bosh murabbiyi Anxel Lopes fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Futbolchilarimizning butun o'yin davomidagi harakatlaridan mamnunman. Ular oxirigacha kurashishdi. Borlarini berishganidan xursandman. 

Raqib individual taraflama juda kuchli futbolchilardan iborat tarkibga ega. Ular bitta hujum orqali ikkinchi golni urib ketishdi. Shundan so'ng juda qiyin bo'ldi.

Ha, mag'lub bo'ldik, biroq raqobatbardosh jamoa sifatida ko'ringanimizdan, o'z o'yinimizni ko'rsatishga uringanimizdan qoniqish hosil qildim", – dedi ispaniyalik mutaxassis.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia