Anxel Lopes hakamlardan nima sabab jahli chiqqanini aytdi

Mirjalol Normatov
18 iyun 2022
Superliga 12-turi doirasida "Dinamo"ga qarshi o'yindan keyin "Surxon" bosh murabbiyi Anxel Lopes o'z fikrlarini bildirib o'tdi.




- Yigitlarimga katta rahmat aytaman. Ular bugun keng ko'lamdagi vazifani bajarishdi. So'nggi 15 kun davomida qattiq mehnat qildik. Umumiy qilib aytganda, ikkinchi bo'limni ajoyib o'tkazdik. Burchakdan keyin urilgan golni hisoblashmaganidan keyin ruxni tushirmadik va yanada qattiqroq oldinga tashlandik. Raqib yarim maydonida uzoq vaqt davomida to'pga egalik qildik, jarima maydonchasi ichiga paslar bilan yorib kirdik. Qanot himoyachilarimizni ko'proq hujumda o'ynashi kerakligini aytdik. Ikkinchi bo'limda esa to'p bilan ko'proq bo'ldik. So'nggi 20 daqiqadagi o'yinimiz orqali g'alabaga loyiqligimizni ko'rsata oldik. Garchi "Dinamo" himoyada kuchli o'yin namoyish qilsa-da, o'z kutgan o'yinimizni ko'rsatganimizdan mamnun bo'ldim.

- Shunday paradoks bo'ldi. Siz hakamlikdan 70 daqiqa nolidingiz va 20 daqiqada ikkita penalti tepib, g'alabaga erishdingiz. Bu haqida nima deya olasiz?

- Ikkala penalti ham bor edi. Nima sababdan jahlim chiqqani esa shunday. Burchakdan uzatilgan to'pning o'tib ketganini biror inson aniq ko'rgani yo'q. Undan tashqari, "Dinamo" futbolchisi bizning jamoa a'zosining yuziga urgani uchun kartochka berilmadi. Bu qizil kartochka edi. Birinchi penaltida raqib to'pni qo'li bilan o'ynadi, ikkinchisi esa yaqqol fol edi. Hakam esa bunga penalti bermasa bo'lmasdi. Barchasi adolatli bo'ldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia