Anvar G'ofurov: "Ushbu bahsda g'alaba qozonish uchun har bir futbolchi bor salohiyatini ishga solish kerak"

Iskandarov Abdulaziz
16 noya 2023
O'zbekiston terma jamoasi sobiq himoyachisi, bugungi kunda "Surxon" klubida faoliyat olib borayotgan tajribali mutaxassis Anvar G'ofurov Turkmaniston va Eron bilan o'yinlardan oldin imkoniyatlarimizni baholadi.

- O'ylashimcha, raqibimiz himoyaviy o'yin tanlaydi va ikkinchi raqam bo'lib, qarshi hujumga tayanib to'p tepadi. Bizga esa bu o'yinda albatta g'alaba kerak buladi va murabbiylar shtabi hujumkor uslub qo'llashadi va shunga munosib tarkib maydonga tushadi deb o'ylayman. O'yin suniy qoplamali maydonda bo'lib o'tadi va bu o'yin natijasiga o'z ta’siri o'tkazish mumkin. Ushbu uchrashuvda futbolchilarimizning mahorati va suniy maydonga qanchalik tez moslashib ketishi juda muhim faktor.

- Mening fikrimcha, ikkala jamoalarning imkoniyatlari teng. Tarkib ham deyarli teng. Raqibning qaysidir poziciyasi biznikidan kuchliroq bo'lsa, boshqa bir poziciyada ustunlik bizda. Bunday uchrashuvlarda motivaciya va ishtiyoqsiz maydonga chiqishning foydasi yo'q. G'alaba qozonish uchun har bir futbolchi bor salohiyatini ishga solish kerak bo'ladi.

- Eron terma jamoasining tarkibi kuchli. Eronliklar kuchli terma jamoalarga qarshi ko'p o'yinlar o'tkazishgan va ular katta tajribaga ega. Bizning terma jamoa esa so'ngi yillarda kuchli terma jamoalarga qarshi o'ynamoqda va tajriba to'plamoqda.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia