Anvar G'ofurov O'zbekiston - Eron uchrashuvidan oldin: "Forslar bilan o'yinda haqiqiy kamchiliklarimizni ko'rishimiz mumkin"

Iskandarov Abdulaziz
20 iyun 2023
O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq futbolchisi Anvar G'ofurov Eron bilan uchrashuv oldidan imkoniyatlarimizni chamaladi va o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Eron bilan o'yinlar doim principial bo'lgan. Ertangi bahs ham shuni davomi bo'ladimi? Umuman o'yindan nima kutyapsiz?

- Albattta kuchli va yaxshi raqibga qarshi uchrashuv kutmoqda. Shubhasiz ikki jamoa ham yaxshi tayyorgarlik ko'rishadi. Chunki har bitta xato qimmatga tushishi mumkin. - O'ylashimcha, ikki jamoa ham uchrashuvni ehtiyotkorlik bilan boshlashadi. Stadionga kelgan ishqibozlar futbolchilarni oldinga chorlashlari aniq. Aynan muxlislarimiz futbolchilarimizga qo'shimcha kuch berishadi, 12 o'yinchi bo'lishadi. 

- O'zbekiston terma jamoasining bor imkoniyatlari yuzaga chiqdimi, yutuqlar fonida kamchiliklar ham ko'rinyaptimi? Eron bilan o'yinda qaysi tomonlama ehtiyotkor bo'lishimiz kerak?

- Rostini aytganda Eron bilan o'yinda haqiqiy kamchiliklarimizni ko'rishimiz mumkin. O'mon, Turkmaniston, Tojikiston terma jamoalarini hurmat qilaman. Lekin biz bu o'yinlarda tajribaliroq  va kuchliroq ko'rindik. Terma jamoamizda o'yinni yanada yaxshilash uchun potencial bor, deya olaman. 

- Eronni yutish orqali Osiyo kubogi oldidan Katanets ishiga baho bera olamizmi? Qaysidir manoda Osiyo kubogida Avstraliyani yutishimizga ishonch beradimi?

- Katanetsning ishiga men baho bermayman. Chunki Katanetsni yaxshi murabbiy, deb hisoblayman. Hozirgi futbolda har bir jamoa istalgan raqibini yutishi mumkin. Bugungi futbol boshqa darajada. Masalan so'nggi mundialdagi natijalarga qarasak ham ko'ramiz. Saudiya Arabistoni - Argentina 2:1, Yaponiya -  Ispaniya 2:1, Germaniya - Yaponiya 1:2, Janubiy Koreya - Portugaliya 2:1 va hokazo. Osiyoning 5ta jamoasidan 3tasi guruhdan chiqdi. Terma jamoamizga omad tilayman. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia