Anvar G'ofurov SSKAga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi

Administrator
23 mar 2024
"Bunyodkor" bugun SSKA bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazdi.

Rossiya jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan "Bunyodkor" jamoasi bosh murabbiyi Anvar G'ofurov o'yin haqida fikr bildirdi.

"Qiziqarli o'yin. Yaxshi raqib. Bu uchrashuv bizga yaxshigina dars bo'ldi. Raqib to'p bilan tez harakat qildi. Birinchi taymda bizda biroz muammolar bo'ldi. Futbolchilarimizda o'zlariga bo'lgan ishonch birinchi bo'limda unchalik ham etarli emasdi. Tanaffusda shu masala bo'yicha suhbatlashdik. Natijada, ikkinchi bo'limda mazmunliroq o'yin ko'rsatdik. O'zbekistonlik muxlislar tashrifidan xursand bo'ldik. Ular bizga yordam va kuch berishdi. Katta rahmat. Kelasi o'yinlarda yanada yaxshiroq va mazmunliroq o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz, -deydi Anvar G'ofurov.


AdministratorMuallif
Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати