Anvar Berdiev: "Bor futbolchilar bilan mavsumni davom ettiramiz" yoxud "Istiqlol" jamoasi qaytadan tiklanmoqda

Narzulla Saydullayev
29 sen 2020
Eshitishimizga qaraganda yaqinda faoliyati tugatilgan Farg'onaning "Istiqlol" jamoasi Pro ligadagi ishtirokini davom ettirishga yaqin turibdi.

Barchasiga oydinlik kiritish maqsadida jamoa murabbiyi Anvar Berdievga yuzlandik.

"Ha, klub tiklanmoqda. Ko'p futbolchilar ketishdi. Qolganlar bilan o'ynaymiz. "Istiqlol"ni tiklanishi haqidagi xabar quvontirdi. Mavsumni jamoada qolgan futbolchilar bilan davom ettiramiz. Boshqa ilojimiz yo'q.

Bugun barchasi hal bo'ldi. Endilikda uy o'yinlarini "Istiqlol" stadionida o'tkazamiz. Bugun jamoa bilan yig'ilishni boshladik. Lekin, kyetib qolganlar yaxshi bo'lmadi. Etti nafar asosiy tarkib futbolchilarimiz tark etishdi. Endi qolganlar va yosh futbolchilarimiz bilan o'ynashimizga to'g'ri keladi. Homiylik? O'zimizning klubning homiylari moliyalashtirishda davom etadigan bo'lishdi. Klubni tiklangani ruhiy jihatdan motivaciya berishi tayin. Lekin, bizga bo'lajak o'yinlarda oson bo'lmaydi. Yetakchi futbolchilarimizsiz qiyin bo'ladi.

Murabbiylar shtabida menga darvozabonlar murabbiyi Bahodir aka Shamshiddinov yordam beradilar. Bilasiz, Sergey Lebedov "Neftchi" jamoasiga qaytdi. Shuning uchun jamoani men va Bahodir aka o'yinlarga tayyorlaymiz. Fursatdan foydalanib viloyat hokimimizga va homiylarimizga minntadorchilik bildirib qolaman",- deydi Anvar Berdiev.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia