Antonio Konte: Yuventus 50 foizga Italiya chempioni

Narzulla Saydullayev
9 mar 2014
Yuventus bosh murabbiyi Antonio Konte Italiya A seriyasining 27-turidan o'rin olgan Fiorentinaga qarshi o'yindan (1:0) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Birinchi bo'limda ajoyib o'tkazdik. Tanaffusdan so'ng terma jamoalarning o'yinlari tufayli charchoq kuzatildi.

Fiorentinaga bitta imkon berdik xolos, qolgan vaqtda tavakkal qilmadik.

Napoli – Roma uchrashuvini ko'ramanmi? Biz bu o'yinni tinch muhitda tomosha qilamiz.

Oldinda 11ta tur bor, 50 foizga Italiya chempionimiz. Biz juda yaxshi ketayapmiz, lekin raqobatchilarimiz bo'shashishga imkon berishmayapti, – deydi Konte.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru