Antonio Konte: Man Sitini to'xtatib bo'lmaydi

Narzulla Saydullayev
13 dek 2017
Chelsi ustozi Antonio Konte Manchester Siti Angliya chempionligi uchun yaqqol favorit ekanligini tan oldi.

16ta turdan so'ng Siti musobaqa jadvalida birinchi o'rinda. Jamoa Manchester Yunayted va Chelsida 11 ochkoga oldinda bormoqda.

Ayni paytda yaxshi o'rindamiz, lekin chempionatda bitta jamoa bor, uni to'xtatib bo'lmaydi. Agar ular bo'lmaganda Yunayted, Arsenal, Tottenxem va Liverpul bilan birga chempionlik uchun kurashardik.

Biz har bir turda o'zimiz g'olib bo'lishimiz va peshqadamning ochko yo'qotishini kutamiz, – deydi Konte.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: chelseafc.com