Antonio Konte: "Chelsi" va "Tottenxem" o'rtasidagi farqni ko'rdik"

Aziz Tukhtamuradov
6 yanv 2022, 09:12
"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte "Chelsi"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin oson bo'lmadi, boshidanoq bizga qiyin bo'ldi. "Chelsi" kuchliroq edi. 

Birinchi bo'limda qiyinchiliklar bo'ldi, biroq biz raqib jahonning eng kuchli jamoalaridan biri ekanligini tushunamiz. Ular o'tgan mavsumda YCHLda g'olib chiqishgan. Ikki jamoani taqqoslash qiyin. Bugun biz ular orasidagi farqni ko'rdik. 

"Stemford Brij"da o'ynash oson emas. Raqib bor e'tiborini jamlay oldi, har bir kurashda g'alaba qozondi. Qolaversa, o'tkazib yuborilgan golda omad bizdan yuz o'girdi. O'yin boshidayoq senga gol urishsa, bahs qiyin kechadi", - dedi Konte. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC