Angliyaning asosiy himoyachi ham Norvegiyaga qarshi o'yinda maydonga tushmasligi mumkin

10 iyul 2026, 11:05
Angliya terma jamoasi va "Manchester Siti" klubi himoyachisi Mark Gexi kichik jarohati sababli jahon chempionati 1/4 finalidan o'rin olgan Norvegiyaga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuborishi mumkin.

25 yoshli Gexi 1/8 finalda inglizlarning Meksika ustidan qozongan g'alabasidan (3:2) so'ng son orqa mushagidagi og'riqdan shikoyat qilgan.

Dastlab Angliya terma jamoasi tibbiy shtabi bu shunchaki mushaklarning toliqishi deb umid qilgan edi, biroq tekshiruvlar Gexining son orqa mushagi cho'zilganini aniqladi.

Shunday bo'lsa-da, BBC nashrining takidlashicha, Gexi o'z tayyorgarligini isbotlashga qatiy qaror qilgan va shanba kungi Norvegiyaga qarshi o'yinda ishtirok etish borasida optimizmni saqlab turibdi.

Shuningdek, son orqa mushagidagi jarohatdan so'ng himoyachi Ris Jeyms umumiy guruhdagi mashg'ulotlarga qaytgani, Deklan Rays esa ichak infekciyasi sababli qatoriga ikkinchi kun jamoa bilan shug'ullanmagani xabar qilinmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC