Angliya klubida o'ynagan futbolchi "Surxon" yig'inida

Sherzod Nurmatov
8 fev 2023
O'tgan mavsum Angliyaning "Kingstonian" klubida harakat qilgan o'zbekistonlik futbolchi "Surxon" yig'iniga qo'shildi.

Bizga ma'lum bo'lishicha, Angliya ettinchi darajali ligasi klubi a'zosi, 23 yoshli Nodirbek Bobomurodov Termizning "Surxon" klubi mashg'ulotlarida ishtirok etyapti.



Buxoro shahrida tug'ilib, 8 yoshida Buyuk Britaniyaga ko'chib ketgan Bobomurodov "Kristal Pelas" kolleji akademiyasida tahsil olgan. Shuningdek,"Korintian Kejual", "Cheshant", "Xangerford Tavn" va "Uorsing" klublarida faoliyat olib borgan.

Eslatib o'tamiz, APL yoki Chempionship darajasiga etishga uringan o'ng qanot vingeri o'tgan yilning avgust oyida saytimizga intervyu bergan edi.

"Surxon" gruzin klubini yirik hisobda engdi, ko'rikdagi o'yinchi gol urdi


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia