Angliya chempionati o'yini ish tashlashlar tufayli qoldirildi

Sherzod Nurmatov
8 sen 2022
APLning 8-turidan o'rin olgan "Brayton" – "Kristal Pelas" uchrashuvi boshqa kunga ko'chirildi.

O'yin 17 sentyabr kuni bo'lib o'tishi kerak edi, biroq temiryo'lchilarning rejalashtirilgan ish tashlashi tufayli u bekor qilindi.

O'yinning yangi sanasi hali e'lon qilinmagan.

"Biz har ikki jamoa muxlislaridan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz, lekin biz to'g'ri qaror qildik deb o'ylaymiz. Shuningdek, "Kristal Pelas", Premer-liga va rasmiylarga bu masalada ko'rsatgan yordamlari uchun minnatdorchilik bildiramiz", – dedi "chaykalar" bosh direktori Pol Barber.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic