Angliya bilan birga Germaniya va Ispaniyada ham bugun milliy chempionatlar start oladi

Aziz Tukhtamuradov
13 avg 2021
Evrofutbol mavsumi boshlanmoqda.

Bugun Yevropaning eng kuchli besh chempionatidan to'rttasida mavsum start oladi. 

Angliyada mavsum "Brentford" va "Arsenal" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bilan boshlanishi haqida avvalroq xabar berib o'tdik. 

Germaniya Bundesligasining ilk uchrashuvida "Borussiya" - "Bavariya" uchrashuvi o'tkaziladi. 

Ispaniyada esa "Valensiya" hamda "Xetafe" jamoalari o'rtasidagi o'yin bilan La Liga start oladi. 


Kun davomida saytimizni kuzating va yangi mavsumga bag'ishlangan katta materiallar sizni kutib turibdi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia