

Mazkur jamoa chempionat 9 turidan keyin 13 ochko to'plagan holda 7-o'rinda bormoqda.
41 yoshli Anelka o'z vaqtida PSJ, "Real", "Arsenal", "Liverpul", "Manchester Siti", "Fenerbaxche", "Bolton", "Chelsi", "Shanxay Shenxua", "Yuventus", "Vest Bromvich" va "Mumbai Siti" kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.
U 2015 yil butsalarini mixga ilgandi. Keyin esa "Shanxay Shenxua" hamda "Mumbai Siti"da o'ynovchi murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. Shuningdek, Anelka “Lill” yoshlar jamoasini ham boshqargan edi.




