Andrey Sidorov: "Xalqimizga quvonch keltirganimdan baxtliman"

Narzulla Saydullayev
28 yanv 2018
O'zbekiston U-23 terma jamoasi kecha Osiyo chempionati finalida Vetnamni mag'lub etib chempion bo'ldi.

Final uchrashuvi so'nggida zaxiradan maydonga tushib hal qiluvchi golni urgan Andrey Sidorov OFK rasmiy saytiga o'z fikrlarini bildirdi.

"Gol urgan vaziyatda o'zimni juda baxtli his qildim. Juda qiyin o'yin bo'ldi, unda g'olib chiqqanimizdan xursandman. Bazi holatlar uni og'ir bo'lishini taminlab berdi. Ammo O'zbekiston g'alabaga haqli edi, biz to'pni ko'proq egallab turdik va ko'proq vaziyatlar yaratdik.

O'sha vaziyatda zarba beraman deb o'ylamagandim. Ammo to'p men tomonga kelayotganida shunchaki unga reakciya qildim xolos. To'p darvoza ichiga borib tushganiga ishona olmasdim.

G'alaba men uchun eng muhimi. O'zimni qanday his qilayotganimni aytib bera olmayman, ammo mamlakatimizga quvonch keltirganimdan baxtliman. Bizni stadionda hamda vatanimizda qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga rahmat aytaman", - deydi Osiyo chempioni Andrey Sidorov.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia