

"Chempionatning so'nggi turida 0:1 hisobida mag'lub bo'ldik. Tezkor gol o'tkazib yubordik, keyin o'zimizga kelgandek bo'ldik. Gollar urish uchun ko'plab vaziyatlar yaratdik, afsuski butun mavsumda bo'lgani kabi foydalana olmadik. Menimcha bugun ikki-uchta o'yinga etarli vaziyatlar yaratgandik. Shunday bo'lib turadi, bu hayot, bu futbol. "Mashal"ni g'alaba bilan tabriklayman.
Oldinda O'zbekiston kubogi bahslari kutib turibdi. Kubokda uzqroqqa borishga harakat qilamiz", - deydi Shipilov.



